Yakshanba, 28, Aprel, 2024

Ma'lumki, Shvetsiyada Nobel haftaligi davom etmoqda. 4 oktyabr kuni fizika bo'yicha sovrindorlar nomi ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, amerikalik olimlar Devid Taules, Maykl Kosterlits va Dunkan Xaldeyn "Topologik fazali o'tkazmalar va topologik fazali materiyalar”

nazariy kashfiyoti uchun  Nobel mukofotiga loyiq deb topildi. Mukoftning yarmini Taules olsa, qolganini Kosterlits va Xaldeyn bo'lib olishdi.

Nazariyotchi - fizik Taules Vashington universitetida, Xoldeyn Prinston,  Kosterlits esa Braun universitetida faoliyat yuritadi. Olimlar qattiq jismlarning kutilmagan holatini aniqlashdi. Ular materiyaning o'ta o'tkazuvchanlik va o'ta oquvchanlik holatlarini izohlash uchun ilg'or matematik uslublardan foydalanishdi.

Nazariy izoh sabab fizik olimlar moddaning yupqa qatlamlarida elektr qarshiligi magnit maydonida bosqichli induksiyaning o'sishi bilan o'zgarishini tushuntirib berishga harakat qilishdi.

Olimlarning ushbu kashfiyoti yangi xossali materiallarni ishlab chiqarishda as qotadi. Undan elektronika sohasida, xususan yuqori o'tkazgichlar va kvant kompyuterlarini yaratishda foydalanish mumkin.

Eslatib o'tamiz, Nobel mukofoti qiymati bu yil 8 mln. shved kronini tashkil qiladi. Bu tahminan 953 ming AQSH dollariga teng. 

Latest in Science