Shanba, 27, Aprel, 2024

Yuan1 oktyabrdan boshlab Xalqaro valyuta jamg’armasi (XVJ) savatiga kiritilib, beshinchi valyuta bo'ldi. Jamg’armayuannishaxsiyhisob – kitoblarbirligiSDRkursibelgilanadiganvalyutalarsavatigakiritdi. Yuan shu qatorda funt sterling va yenadan ulushi jihatdan o'zib ketdi.

Valyutalarning savatdagi nisbati:

AQSH dollari — 41,73%, yevro — 30,93%, yuan — 10,92 %, yena — 8,33 %, funt sterling — 8,09 %. Bunda valyutalarning foiz nisbati ularning kurslari o'zgarishiga qarab tebranishi mumkin.

Savatga kirgan valyutalarning bahosidan ularning kurslari o'zgarishiga qarab XVJ valyuta fondi shaxsiy hisob-kitoblar birligi –SDR ning joriy kotirovkasi hosil bo'ladi. SDR virtual valyuta turini ifodalaydi. U XVJga a'zo mamlakatlarning oltin valyutali pozitsiyalariga qo'shimcha ravishda zaxira aktivi sifatida qo'llaniladi.

Bir qator xalqaro tashkilotlar  SDRdan narhlar, aloqa xizmatlari tariflari, tashuvlar va boshqalarni ifodalashda foydalanadi. Ushbu vosita to'lov balanslari saldosini muvofiqlashtirish, to'lov balansi defitsitini qoplash, zaxiralarni to'ldirish, XVJ kreditlari bo'yicha hisob-kitoblarda ishlatiladi  .

Ekspertlarning fikricha, yuanning XVJning savatiga kiritilishi uning xalqaro valyutaga aylanishida qo'yilgan muhim qadamdir.

Latest in World